Barcha elektr stansiyalari texnik ekspluatatsiyadan oʻtkazilishi shart

16:15 19 Oktyabr 2022 Jamiyat
404 0

Hukumat qarori bilan (609-son, 18.10.2022-y.) Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi.

Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, SHES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.

Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi:

— uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funksional sinovlari;

— uskunalarning kompleks sinab koʻrilishi.

Energetika obyektlarida ishlashga maxsus maʼlumotga ega va tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslarga ruxsat beriladi.

Tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashgʻulotlarini oʻtishlari shart.

Shuningdek, Qoidalarda energetika obyektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер