“Bayram xavfi”: pirotexnika vositalariga qarshi reydlar oʻtkazilmoqda

13:18 10 Dekabr 2024 Jamiyat
166 0

Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda. Afsuski, bu pirotexnika savdosi bilan bogʻliq noqonuniy holatlar avj olishini ham anglatadi.

Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarining bojxona boshqarmalari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyati Dangʻara tumani hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, “Spark“ rusumli yengil avtotransport vositasi Dangʻara tumani hududida toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 71 mln soʻmlik 3 turdan iborat jami 85 856 dona salyut va petardalar borligi aniqlandi.

Bundan avvalroq, Buxoro viloyatida salkam 54 mln soʻmlik, pirotexnika vositalarining noqonuniy noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan 14,4 ming dona petarda va 112 dona salyutlar aylanmasiga chek qoʻyilgan edi.

Yana bir holatda, Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadondan 658,6 mln soʻmlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan boʻlib, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Bunday noqonuniy va xavfli boʻlgan vositalardan foydalanish oqibatlari haqida qanchalik koʻp gapirilmasin, ular doim oʻz xaridorlarini topib bormoqda. Eng yomoni, foydalanuvchilarning katta qismi yosh bolalar. Pirotexnika vositalarining zararli ekanligini ularni xarid qiluvchilar tushunib yetmas ekan, bunday reydlar katta samara bera olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер