Buxoroda salkam 54 mln soʻmlik mushakbozlikka barham berildi

Foto: Bojxona qoʻmitasi
Buxoro viloyatida salkam 54 mln soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan.
Natijada, mazkur transport vositasi yukxonasiga xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan 14,4 ming dona petarda va 112 dona salyutlar ortilgani aniqlangan.
“Vaqtincha saqlovga olingan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra salkam 54 mln. soʻmni tashkil qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring