Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi
Foto: Prokratura departamenti
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadondan 658,6 mln soʻmlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tezkor-qidiruv tadbi oʻtkazilganri.
Tadbir davomida Chilonzor tumani, Beshqoʻrgʻon MFY hududida yashovchi M.K.ning (muqaddam sudlangan) xonadonidan yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida olib kelingan umumiy bahosi 658,6 mln soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 440 dona “Creative Color Smoke” nomli hamda 20 127 dona nomi yozilmagan pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring