Avstriya maktabidagi qirgʻin: Fojia haqida nimalar maʼlum boʻldi

Foto: AFP
Avstriyaning Gras shahridagi maktabiga uyushtirilgan hujumning tashkilotchisi ushbu taʼlim muassasasining sobiq oʻquvchisi boʻlib chiqdi.
Mahalliy OAV maʼlumotlariga koʻra, 21 yoshli sobiq oʻquvchi maktabga qonuniy yoʻl bilan sotib olingan ikkita qurol – toʻpponcha va ov miltigʻi bilan bostirib kirib, oʻquvchi va oʻqituvchilarga qarata oʻt ochgan. Hujumdan keyin u hojatxonada oʻz joniga qasd qildi. “OE24” nashrining qayd etishicha, jinoyatchi bungacha politsiya eʼtiboriga tushmagan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlar orasida beshinchi sinf oʻquvchisi boʻlgan toʻrt nafar qiz va sakkizinchi sinf oʻquvchisi boʻlgan uch nafar oʻgʻil bola bor. Hammasi boʻlib oʻn kishi halok boʻlgan. Shu jumladan, jumladan bosqinchining oʻzi ham. Yana 12 kishi jarohat olgan, ulardan ayrimlarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.
“Salzburger Nachrichten” gazetasining yozishicha, bosqinchi avvaliga ikkita sinf xonasiga kirgan, ulardan biri oʻzining sobiq sinfi boʻlgan va oʻqqa tutishni boshlagan. Maktab oʻquvchilari zudlik bilan evakuatsiya qilindi, voqea joyiga politsiya va COBRA maxsus kuchlari yetib keldi.
Maktabda 17 ta sinf oʻquvchilari va 40 nafarga yaqin oʻqituvchi boʻlgan. Politsiya hujum sabablarini aytmadi. Bir versiyaga koʻra, bosqinchi oʻzini bezorilik qurboni deb hisoblagan, ammo bu maʼlumot hali rasman tasdiqlanmagan.
Hujum joyiga yetib kelgan Avstriya kansleri Kristian Stoker voqeani milliy fojia deb atadi. Mamlakatda qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring