Аvgust oyining birinchi etti kunligida “Jahon ko`krak suti bilan oziqlantirish” haftaligi o`tkaziladi

10:25 03 Avgust 2023 Jamiyat
448 0

Ona suti — go`daklar uchun eng yaxshi ozuqa. Avvalo, u xavfsiz. Qolaversa, tarkibida chaqaloqlarni ko`plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar mavjud.

Biroq bugungi kunda dunyo bo`yicha olti oygacha bo`lgan bolalarning yarmidan kami ona suti bilan oziqlanayotgani, har ikki yangi tug`ilgan chaqaloqdan biri sun’iy ozuqa bilan parvarishlanayotgani xavotirli ko`rsatkich.

Shu kabi muammolarga echim topish maqsadida har yili avgust oyining birinchi etti kunligida dunyoda “Jahon ko`krak suti bilan oziqlantirish” haftaligi o`tkaziladi.

Bugun poytaxtimizdagi Bolalar milliy tibbiyot markazida ushbu haftalik doirasida “Ona suti bilan oziqlantirish – salomatlik va barkamol rivojlanish garovi” mavzusiga bag`ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер