“Audi” AQShga avtomobil yetkazib berishni toʻxtatdi
Germaniyaning “Audi” avtomobil ishlab chiqaruvchisi Qoʻshma Shtatlarga mashina yetkazib berishni toʻxtatdi. Bu haqda “Spiegel” xabar qilgan.
Unga koʻra, 2025-yil 2-apreldan keyin olib kelingan mashinalar dilerlarga berilmaydi va sotuvga chiqarilmaydi. Bunga sabab 2025-yil mart oyi oxirida Donald Tramp AQShga yengil avtomobillar va yengil tijorat yuk mashinalari, shuningdek, ular uchun ehtiyot qismlar importiga joriy qilgan 25 foizlik bojlardir.
Bojxona toʻlovlari kuchga kirgunga qadar olib kirilgan 37 mingga yaqin mashina avvalgi narxlarida sotiladi, ammo bu taxminan 2 oyga yetishi mumkin xolos. Tahlilchilar davlatda avtomobillar narxi keskin oshishidan ogohlantirgan.
Taʼkidlash joiz, “Audi”ning AQShda ishlab chiqarish korxonasi mavjud emas. Mashinalar Amerika bozoriga Germaniya, Vengriya, Slovakiya va Meksika kabi davlatlardan yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring