Armrestling sport musobaqasi boʻlib oʻtdi

13:58 22 Avgust 2024 Jamiyat
32 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida armrestling sport musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda hududlar bosqichida gʻolib boʻlgan 64 nafar yoshlar ishtirok etdi.

— “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan musobaqalarga bu yildan boshlash sportning armrestling turi ham qoʻshildi, — deydi viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Ulugʻbek Qobiljonov. — Yoshlar orasida ushbu yoʻnalishga boʻlgan qiziqishning yuqori ekanligidan dalolatdir. Andijon viloyatida 27 ming nafardan ziyod yoshlar ushbu yoʻnalishda oʻzaro kuch sinashish istagida onlayn roʻyxatdan oʻtganligi bunga misoldir.

Sportning shu turi boʻyicha joylarda boʻlib oʻtgan musobaqalarda yoshlar 4 ta vazn toifasida oʻzaro bellashdi. Viloyat bosqichida 12 nafar yoshlar gʻolib deb topildi. Tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер