AQSH va Shvetsiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

15:58 13 Iyun 2024 Jamiyat
264 0

Bosh prokuratura huzuridagi departament xorij davlatlariga ishga yuborishni vaʼda berib, firibgarlik yoʻli bilan fuqarolardan jami 33 ming 300 AQSH dollar miqdoridagi pul talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqaro Р.К. fuqaro Л.К.нинг ishonchiga kirib, uni 19 ming AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga olib oʻtib, ushbu davlatda ishga joylashtirishini aytib, oldindan 6,2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro У.Э. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Turkiya davlati orqali Shvetsiya davlatiga ishlash uchun yuborishini vaʼda qilib, jami 14,3 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq AQSHga Meksika orqali kirib kelgan oʻzbekistonlik muhojirlarning mamlakatdan zudlik bilan deportatsiya qilinishi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?