AQSH Kongressida ilk bor “O‘zbekiston kuni” o‘tkazildi
Foto: «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston respublikasining AQSHdagi elchixonasi va Amerika Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” bilan birgalikda “O‘zbekiston kuni”ni tashkil qildi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi xabar berdi.
AQSH Kongressida bo‘lib o‘tgan tadbirda Texaslik kongressmen Pit Seshns, Gʻarbiy Virjiniyalik kongressvumen Kerol Miller, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Osiyo byurosi administratori yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Jahon bankining Yevroosiyo bo‘yicha ijrochi direktori Dominik Favre, shuningdek, nufuzli kongress a’zolarining bir qator stafferlari, Vashingtondagi diplomatik korpusi, ekspertlar hamjamiyati, nufuzli ishbilarmon doiralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok yetishdi.
Ikki tomonlama hamkorlik tarixida ilk bor o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar O‘zbekiston yangilangan Konstitusiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, uning demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatimizni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ta’minlashdagi o‘rni haqida fikr almashishdi. Tadbir qatnashchilari O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash, so‘z erkinligini himoya qilishni aks yettiruvchi Yangi Konstitusiya qabul qilinganini olqishlashlarini ta’kidlashdi.
Yangi Konstitusiya inson huquqlari, mulk kafolatini va xorijiy sarmoyalarni himoya qilishni yanada mustahkamlagani ham aytib o‘tildi. Ishtirokchilar fikricha, O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida biznes uchun mustahkam va shaffof qonunchilik bazasi va qulay investision muhit shakllantirildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak baholandi. Ishtirokchilar 2016 yildan boshlab O‘zbekistonda savdo-sotiqni rivojlantirish va butun Markaziy Osiyoda barqarorlik yaratishga xizmat qiluvchi fundamental islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi. Yurtimizdagi keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevorga aylangani aytildi.
Suhbatlarda O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tadbir davomida Kongress a’zolari ikki tomonlama munosabatlar tobora yangi mazmun bilan to‘ldirilib, strategik hamkorlik mustahkamlanib borayotganiga urg‘u berishdi. “Qadimgi Ipak yo‘lining muhim chorrahasi sifatida O‘zbekiston AQSHning kuchli savdo sherigi bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak”, - dedi tadbir qatnashuvchilari.
Shu bilan birga, ishtirokchilar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun AQSH Kongressi a’zolarini «Jekson-Venik» qo‘shimchalarini qo‘llashni tugatishga chaqirishdi. Ularning fikricha, bu “eskirgan tuzatishini bekor qilish o‘zaro savdo va investisiyalarni rag‘batlantirishga olib keladi”.
AQSH davlat va nodavlat tashkiloti vakillari so‘zga chiqar ekan, ular O‘zbekistondagi islohotlar va o‘zgarishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlashdi. Ular ko‘proq sarmoya jalb etishga, iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan mintaqaviy infratuzilmalarni kengaytirish maqsadida hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini aytishdi.
Umuman olganda, Kapitoliy tepaligida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekistondagi ichki o‘zgarishlarga va mamlakatning Markaziy Osiyodagi geostrategik roliga qiziqish ortib borayotganini namoyon bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring