AQSH Yevropani jiddiy oqibatlar bilan ogohlantirdi

13:15 02 Aprel 2025 Dunyo
131 0

Foto: Reuters

AQSH Yevropadagi ittifoqdoshlariga Amerikada ishlab chiqarilgan qurollarni sotib olishni davom ettirishni xohlashini aytdi va oʻz kompaniyalarining Yevropa tenderlaridan chetlashtirilishi Vashington tomonidan salbiy baholanishidan ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Agentlik xabariga koʻra, bu fikrlar Yevropa Ittifoqining AQSH ishlab chiqaruvchilarining qurol tenderlarida ishtirok etishini cheklash boʻyicha soʻnggi harakatlari fonida aytilgan.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio mart oyi oxirida Litva, Latviya va Estoniya tashqi ishlar vazirlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ham AQSH Yevropa Ittifoqining mudofaa xaridlarida ishtirok etishni davom ettirishni xohlashini aytgan. Ularning taʼkidlashicha, Rubio rasmiylarni AQSH kompaniyalarini Yevropa tenderlaridan chetlashtirish Vashingtonda salbiy baholanishi haqida ogohlantirgan.

AQSH Davlat departamentining yuqori martabali rasmiysining aytishicha, Rubio shu hafta Bryusselga tashrifi chogʻida bu masalani muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp ham Yevropadagi ittifoqchilarining “mudofaa salohiyatini mustahkamlash va oʻz xavfsizligi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish” boʻyicha saʼy-harakatlarini olqishlaganini aytib, AQSH kompaniyalarini Yevropa mudofaa loyihalaridan chetlashtiradigan yangi toʻsiqlar yaratishdan ogohlantirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?