Andijonda “Spark” va “Damas” toʻqnashib yonib ketdi. Qurbonlar bor
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida “Spark” va “Damas” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, hodisa joriy yilning 13-oktyabr kuni tungi soat 01:30 da Ulugʻnor tumani Oʻzbekiston mahallasi hududidan oʻtgan 4R-81 Namangan-Mingbuloq yoʻlida sodir boʻlgan.
“Spark” haydovchisi charchoq holatida uxlab qolib, rul boshqaruvini yoʻqotishi ortidan qatnov qismining qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan. Shundan soʻng oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Damas” “Spark” bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan keyin har ikkala mashinada yongʻin yuzaga kelgan va transport vositalari toʻliq yonib ketgan.
“Uznews”ning yozishicha, YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro esa ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Ulugʻnor tumani IIB tergov boʻlinmasi masʼul xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring