Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi

19:01 05 Noyabr 2024 Jamiyat
167 0

Videodan kadr

Andijon viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmirni sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Paxtaobod tuman koʻmir ombori masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan 53,9 ming kg koʻmirni fuqaro M.T.ga 54 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda omborxona masʼul shaxslari jami 64,7 ming kg koʻmirni hech qanday hujjatsiz qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер