Andijonda 34 yoshli piyodani “Damas” urib yubordi

17:52 15 Dekabr 2025 Jamiyat
500 0

Illyustrativ foto

Andijon shahrida piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqaroni mashina urib ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15-dekabr kuni soat 10:10 larda Andijon shahar Amir Temur shoh koʻchasida sodir boʻlgan. 2002-yilda tugʻilgan haydovchi S.A. “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oldinda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 1991-yilda tugʻilgan piyoda M.H.ni urib yuborgan.

Ushbu YTH oqibatida piyoda tan jarohati olib, RSHTYOIM Andijon filialiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер