Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.
Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar belgilandi. Bu turdagi savdoni boshlaganlik toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilganini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu yigʻimlarni toʻlovchi sifatida eʼtirof etiladi.
Shuningdek, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etildi. Bu choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari ham bir nechta soliq toʻlovlaridan ozod etiladi. Xususan, bunday oromgohlar binolar va yer uchastkalarini ijara asosida berishdan olingan daromadlari uchun foyda soligʻidan, ijara asosida foydalanilayotgan mulk va yer maydonlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadi.
Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Ushbu imtiyozlar orqali tadbirkorlik faoliyatini yanada ragʻbatlantirish, ijtimoiy muassasalarning moliyaviy yukini yengillashtirish va soliqqa oid tartibotni takomillashtirish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring