Aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi yigʻilishida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor, jumladan, intellektual mulk huquqlari himoyasini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining kreditlarni qaytarish qobiliyatini yaxshilashga qaratilgan muhim qonun loyihalari qizgʻin muhokama qilindi.
Dastlab deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.
Keyingi yillarda aholi va tadbirkorlar uchun qulay va zamonaviy moliyaviy xizmatlar sonini oshirish hamda kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va joylarda bank xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha yuzaga kelayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Lekin hozirgi kunda kredit tashkilotlaridan kredit olgan aholi va tadbirkorlik subyektlari ayrim obyektiv sabablarga koʻra kredit toʻlovlarini kechiktirgan yoki qisman toʻlagan hollarda, ushbu toʻlovlarning kredit qarzdorligiga soʻndirish navbati boʻyicha amaldagi tartibni takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda iqtisodiyotda mikromoliyaviy xizmatlarga boʻlgan talab oshib borayotganligi aholi uchun ajratiladigan mikroqarzning eng koʻp miqdorini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Ushbu qonun loyihasi bilan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga ajratiladigan miqroqarz miqdorini ellik million soʻmdan — yuz million soʻmga oshirish taklif etilmoqda.
Qizgʻin savol-javoblar davomida fraksiya aʼzolari Zafar Xudoyberdiyev va Adham Nazirqulovlar partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, loyihaning ahamiyati va zaruratiga eʼtibor qaratar ekan, ushbu hujjat aholi va tadbirkorlik subyektlarining kreditlarni qaytarish qobiliyatini yaxshilashga qaratilganligini qayd etdilar.
Oʻz navbatida, qonun loyihasiga kiritilayotgan ayrim normalar boʻyicha asosli savollarni berishdi. Qonun tashabbuskorlari berilgan savollar yuzasidan batafsil javoblar qaytardi. Ularning fikricha, loyihaning qabul qilinishi kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish orqali qarz oluvchilar uchun qulay moliyaviy imkoniyatlar yaratish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Yigʻilishda koʻrib chiqilgan navbatdagi hujjat — “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi boʻldi.
Intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsulidir. Shu bois, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini taʼminlash gʻoyatda muhimdir.
Mazkur Qonun bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq egalarining huquqlarini Internet jahon axborot tarmogʻida himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilmoqda.
Qonun tashabbuskorlarining aytishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga va innovatsiyaviy jihatdan yuksalishiga koʻmaklashuvchi intellektual mulk tizimining, shuningdek raqamli muhitda ijodiy faoliyatga boʻlgan huquqlarni himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini shakllantirishning huquqiy asosini yaratadi.
Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring