Berdaq haqidagi film premyerasi boʻlib oʻtdi
Bugun Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Toshkent pediatriya instituti va “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Amu sohili kuychisi” hujjatli filmi premyerasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur film Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Berdaq hayoti va ijodi haqida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olingan. “Xalq yuragi” turkum filmlaridan biri.
Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.
Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29-sentyabrga qadar Ogahiy, Choʻlpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring