Adham Ikramov Rossiya skeytbording federatsiyasi rahbarini qabul qildi
Skeytbording butun dunyoda ommalashib borayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Tokio-2020 Olimpiadasidan boshlab 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi dasturidan oʻrin egallamoqda. Shubhasiz, mamlakatimizda ham skeytbording bilan shugʻullanadigan yoshlar koʻplab topiladi. Joriy yil tashkil etilgan Oʻzbekiston skeytbording assotsiatsiyasi ushbu sport oilasi vakillarini birlashtirdi.
Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida World Skate Xalqaro skeytbording federatsiyasining MDH mamlakatlari boʻyicha elchisi, Rossiya skeytbording federatsiyasi rahbari Ilya Vdovin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Rossiya skeytbording federatsiyasi vitse-prezidenti Irina Neuymina qatnashishdi.
Adham Ilhamovich ushbu sport turi mamlakatimizda rivojlanish sari ilk qadamlarini tashlagani, davlatimiz tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida muayyan ishlar qilinayotgani xususida batafsil gapirib berdi.
Ilya Vdovin skeytbordingni yurtimizda ommalashtirish, kelgusida ikki mamlakat sportchilari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish, yirik musobaqalarga tayyorlanishlari uchun oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan mamnun ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring