Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Maltadagi birinchi elchisi boʻldi
Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Maltadagi birinchi elchisi sifatida mamlakat prezidenti Miriam Spiteri Debonoga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tantanali tadbirdan soʻng boʻlib oʻtgan qisqacha muloqotda Malta yetakchisi Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijasida ikki tomonlama munosabatlar faollashganini taʼkidlagan.
“Mamlakatlarimiz geografik jihatdan bir-biridan olisda joylashgan boʻlsada, oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar, shu jumladan BMT va YEXHT doirasidagi oʻzaro tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga alohida urgʻu qaratildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Abat Fayzullayev 2023-yil noyabr oyidan buyon Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi va Rimdagi xalqaro tashkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakili hamda 2024-yil dekabr oyidan boshlab Oʻzbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Abat Fayzullayev 2020-2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi va oʻrindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi sifatida ishlagan. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring