9 ming quti “Milano” Departamentning qoʻliga tushdi
Foto: Illustrativ
Bosh prokuratura huzuridagi Departament aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni ushladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.M. ushlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro M.M. “Mamay” MFY hududidagi xonadonida fuqarolar E.O., A.T. va B.R tomonidan qoʻshni davlatlardan olib kelingan 9 ming quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi yana bir holat Departamentning Chortoq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fosh qilingan. Xabar qilinishicha, fuqaro K.M. tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan “Beshbuloq” MFY hududida savdo doʻkoni tashkil etgan.
Shuningdek, u fuqaro F.X.ga 4 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 900 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini 40 million soʻmga sotishga kelishib, shundan 28,5 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan X.S., B.N. va O.X.lar xaridor S.K.ga 1000 quti aksiz markasiz “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini 40 million soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, “Avitsenna” nomli milliy brend yaratilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring