500 nafardan ortiq olimlar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yoʻlladi
Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” forumi boʻlib oʻtdi. 500 dan ortiq olimlarni jamlagan anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” mavzusidagi respublika forumi ishtirokchilarining murojaati qabul qilindi.
Olimlar 10 ta shoʻbaga boʻlingan holda Islom sivilizatsiya markazining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi hamda uning tarkibidagi muzey ekspozitsiyasini shakllantirishga bagʻishlangan 50 dan ortiq maʼruzalarni tinglab, 600 ga yaqin taklif va mulohazalarini bildirdilar.
“Yurtimiz tarixida birinchi marta amalga oshirilayotgan noyob megaloyiha sifatida baholanayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish toʻgʻrisidagi tashabbusingiz muqaddas dinimizning tinchlik, insonparvarlik va bagʻrikenglik gʻoyalarini ulugʻlash, xalqimizning buyuk tarixi, boy madaniy-maʼrifiy merosini tiklash va dunyoga targʻib etish borasidagi doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrligingizning yuksak amaliy namunasi sifatida ayniqsa tahsinga sazovordir”, deyiladi murojaat kirish soʻzida.
Murojaat yakunida: “Biz, Forum ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazini ilm va maʼrifat, yangi gʻoyalar ishlab chiqadigan chinakam aql markaziga aylantirish yoʻlida Sizga yordamchi va koʻmakchi boʻlib, chin dildan mehnat qilishga, oʻzimizning bor bilim va tajribamiz, isteʼdodimizni shunday ulugʻ ishga bagʻishlashga vaʼda beramiz”, deyilgan.
Avvalroq, filolog va iqtisodchi Islom sivilizatsiyasi markaziga direktor etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring