2024-yilda aholining real daromadi qanchani tashkil etdi?
Oʻzbekistonda 2024-yil yakuni boʻyicha kambagʻallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga tushdi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Jahon banki bilan olib borilgan tadqiqotlar natijasida, kambagʻallik darajasi 719 ming kishiga kamayib, jami 3,3 million kishini tashkil etgani aniqlandi.
Qashshoqlik darajasi Buxoro viloyatida 11,8 foizdan 8,7 foiz, Samarqand viloyatida 10,5 foizdan 7,5 foiz, Namangan viloyatida 10,4 foizdan 7,6 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa 13,6 foizdan 10,8 foizgacha kamaygani qayd etildi.
2024-yilda aholining real daromadi ham 10,7 foizga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 million soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich yil boshida 1,7 million soʻm edi. Shuningdek fuqarolar ish haqidan oladigan foyda ham 12,9 foizga koʻtarildi.
Daromad manbalari boʻyicha ish haqi 42,6% (2023-yilda — 41,9%), tadbirkorlik daromadlari 22,9% (21,4%), pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar 18,2% (18,9%), qishloq xoʻjaligi va tomorqa daromadlari 10,7% (9,8%), xorijdan pul oʻtkazmalari — 2% (3,1%), boshqa daromadlar — 3,6% (4,9%)ga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring