Oʻzbekistonda sport daromad keltiradigan sohalardan biriga aylantiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev sport mamlakatimizda daromad keltiradigan sohalardan biriga aylanishi kerakligini aytdi.
Yaqinda imzolangan Prezident qarori bilan sportga homiylik qilaman degan tadbirkorlar uchun manfaatli sharoitlar yaratildi. Endilikda federatsiya bir yillik xarajatining 20 foizi miqdorida homiylik qilgan tadbirkor boshqaruv aʼzolari tarkibiga kiradi. Professional futbol klubining yillik 20 foiz xarajatini qoplagan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin boʻladi.
“Umuman, Oʻzbekistonda sport inson salomatligi va yuqori natijalar garovi boʻlish bilan birga daromad keltiradigan sohaga ham aylanishi zarur”, dedi davlatimiz rahbari.
Misol uchun, futbol boʻyicha milliy chempionat oʻyinlari baʼzida ish vaqtida oʻtkazilayotgani, shu bois, muxlislar tashrifi kutilganidek boʻlmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Agar oʻyin vaqti dam olish kuni yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qoʻshimcha xizmatlar, musiqiy va koʻngilochar tadbirlar tashkil qilinsa, oʻyin kunlari muxlislar uchun qulay transport qatnovi yoʻlga qoʻyilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uchun 2-3 karra koʻp tushum, muxlislar uchun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qoʻshimcha daromad boʻladi.
Mutasaddilarga mana shu ishlar orqali stadionlarga muxlislar tashrifini keskin oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring