Prezident transport loyihalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.
Aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, transport tarmog‘i izchil rivojlantirib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yo‘l xo‘jaligi sohasi takomillashtirildi, yo‘l qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ko‘lami oshdi.
Mazkur qarorda zamonaviy avtomobil yo‘llarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangan edi. Jumladan, o‘tgan vaqtda Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yo‘li loyihalashtirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin.
Yaqinda ushbu loyiha bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi. Qisqa vaqtda unga ko‘plab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi.
Yig‘ilishda mazkur loyiha bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligiga yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, yo‘llarda qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirish, turli pullik xizmatlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Davlatimiz rahbariga Birlashgan Arab Amirliklarining “AD Ports Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil qilish loyihasi to‘g‘risida ham axborot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring