5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza… Oʻzbek bokschilariga yana bir muvaffaqiyatli boʻlgan turnir yakunlandi
3-7-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks boʻyicha “Axmat-Xoji Qodirov” xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.
Oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchilarimiz ichida 54 kgda Shaxzod Muzaffarov, 57 kgda Mirzabek Mirzahalilov, 63,5 kg: Abdulloh Maʼdaminov, 86 kgda Jasurbek Yoʻldoshev, 92 kgda Elyorbek Joʻraboyevlar bor.
Kumush medaliga ega chiqqan Dilshod Abdumurodov (60 kg), Asilbek Abdurahmonov (67 kg) va Nurislom Ismoilov (80 kg)ni ham qayd etish kerak.
Bronza medaliga esa bir nafar sportchimiz egalik qilgan. 71 kg vazn toifasida Bekzod Hamidov uchinchi oʻrinni oʻziniki qilgan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qanchaligi ochiqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring