3 ta savdo doʻkonidan 10202 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol topildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand viloyatidagi 3 ta savdo doʻkonidan 10 ming 202 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari borligini aniqladi va ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, Payariq va Narpay tumani boʻlimlari va IIB xodimlari hamkorligida tezkor reyd oʻtkazilgan.
Qayd etilishicha, unda “M.B.”, “Y.S” va “I.” MCHJlarga qarashli savdo doʻkonlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo doʻkonlaridan umumiy bahosi 334 mln soʻmlik turli nomdagi jami 10 ming 202 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, ikki Olimpiada chempionlariga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring