26-martdan boshlab Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga aviaqatnovlar soni oshadi — Uzbekistan Airways

19:45 16 Mart 2023 Jamiyat
507 0

2023 yilning 26 martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvoz qiluvchi aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, sayyohlar oqimini koʻpaytirishdir.

26-martdan boshlab Toshkent – ​​London – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.

Uzbekistan Airways 29-martdan boshlab esa Toshkent – Frankfurt – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar sonini haftasiga 3 martadan 4 martaga koʻpaytiradi. Bundan buyon Frankfurtga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 29-martdan Toshkent – ​​Riga – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni haftasiga 3 martagacha oshirilmoqda. Yoʻlovchilar toʻgʻridan-toʻgʻri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga oʻtishi munosabati bilan 28-martdan Toshkent – Milan – Toshkent, 31-martdan boshlab esa Toshkent – Parij – Toshkent yoʻnalishlarida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyayotganini maʼlum qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?