AQSH Senati tarixdagi eng uzoq davom etgan “shatdaun”ni yakunlash imkonini beradigan qonun loyihasini maʼqulladi
AQSH Senati mamlakat tarixidagi eng uzoq hukumat faoliyatining toʻxtab qolishi — “shatdaun”ni toʻxtatishga imkon beradigan qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar berdi “The New York Times”.
Hujjat uchun 52 nafar respublikachi va sakkiz demokrat ovoz berdi. Qarshi chiqqan 40 senatordan faqat bittasi respublikachi boʻldi. Ovoz berish jarayoni “shatdaun”ning 41-kunida boʻlib oʻtdi.
Qonun loyihasiga koʻra, hukumat 2026-yil 30-yanvargacha vaqtincha moliyalashtiriladi, shuningdek, majburiy taʼtilga chiqarilgan minglab federal xizmatchilar maoshlari qayta tiklanadi.
Respublikachilar Donald Tramp yaqin kunlarda qonunni imzolashiga umid bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, AQSHda moliyaviy yil 1-oktyabrdan boshlanadi. Ammo siyosiy kelishmovchiliklar tufayli Kongress byudjetni oʻz vaqtida tasdiqlay olmagan. Asosiy kelishmovchilik sababi — 2025-yil oxirida amal qilish muddati tugaydigan arzon tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunda nazarda tutilgan subsidiyalarni uzaytirish masalasi boʻldi. Demokratlar byudjetni qoʻllab-quvvatlashni aynan shu subsidiyalarni saqlab qolish sharti bilan bogʻlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring