2024-yilning II choragida byudjetga soliqdan qancha tushim tushgani aniq boʻldi

12:47 08 Iyul 2024 Iqtisodiyot
219 0

Foto: Soliq.uz

Joriy yilning II choragi davomida soliq tushumlari 45 trillion soʻmdan ortdi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali maʼlum qildi.

“Respublika boʻyicha 2024-yil II choragida soliq organlari tomonidan byudjetga 45,5 trillion soʻmga yaqin tushumlar taʼminlandi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 %ga koʻp”, deyiladi xabarda.

Soliq turlari kesimida tushum (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish) foyda soligʻi 9,5 trillion soʻm (10,6%), QQS 9,4 trillion soʻm (26,5%), JSHODS 9,2 trillion soʻm (18,7%), aksiz soligʻi 4,6 trillion soʻm (36,6%), yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 4,1 trillion soʻm (16,2%), yer soligʻi 2,2 trillion soʻm (32,1%), mol-mulk soligʻi 1,8 trillion soʻm (45%), AOS 756,1 milliard soʻm (1,7%), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 186,1 milliard soʻm (0,4%) tashkil etgan.

Avvalroq, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar masʼullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandi.

Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер