Andijonda “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uygʻur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo obyektlari va boshqa obyektlar “klaster” usulida joylashgan “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.
KSZni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish “Aloqa bank” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Savdo-sanoat palatasi va Andijon viloyati hokimligi “Aloqa” banki bilan birgalikda va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda quyidagilarni oʻz ichiga olgan sanoat zonasi konsepsiyasini ishlab chiqadi:
- ishlab chiqarish sexlari (angar), koʻrgazma pavilionlari, ochiq va yopiq savdo maydonlari, furnitura va butlovchi qismlar savdo markazi hamda logistika markazini yaratish;
- mebel mahsulotlari uchun import oʻrnini bosuvchi xomashyo, furnitura va butlovchi qismlar ishlab chiqarish;
- raqobatbardosh mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun taniqli xorijiy brendlarni jalb qilish;
- mahalliy furnitura va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarining dilerlik markazlarini ochish va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring