Sanʼatkorlardan oʻqituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

15:35 24 Avgust 2024 Siyosat
606 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

Qoʻziyev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining anʼanaviy ijrochilik boʻlimi oʻqituvchisi, sozanda

Nadirova Aygul Bazarbayevna - Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy taʼlim kafedrasi dotsenti, xonanda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nazarxanova Sevara Anvarjanovna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Umarov Valixan Mirvasilevich - Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori

Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari

Amonqulova Nigina Haydarovna - Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasining “Daryo” ansambli xonandasi

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan

Matchanov Ochilbek Yoʻldashboyevich - Urganch davlat universiteti oʻqituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

Ziyaxanov Xurshid Djavidovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, grafik rassom

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan

Xolboyev Xamza Davlayevich - Uzun tumani “Yangi yulduz” madaniyat markazi qoshidagi “Rayhon” ashula va raqs xalq ansambli baxshisi, Surxondaryo viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan

Djalalov Xodjikurban - Respublika “Usto” uyushmasining “Golden Ganch Mansurjon” korxonasi ganchkor ustasi, Samarqand viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni bilan

Artikova Dilnoza Ilxombayevna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati boʻlinmasi raqqosasi

Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri bosh dirijyori

Saidzoda Ozoda Parpiyevna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Lutpullayev Xayrulla - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qoʻshiqchilik kafedrasi professori

Mavloniy Mashxura Igamovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti sanoat mikrobiologiyasi laboratoriyasi mudiri, akademik

Mirzamaxmudov Ismaildjan - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Fargʻona viloyati

Sultanov Begdulla Jumashevich - faxriy pedagog, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

Ikramov Adxam Ilxamovich - Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri

Xalqimizning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini taʼminlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni ezgu gʻoyalar ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Imom Buxoriy” ordeni bilan

Naimov Alisher Abdurashidovich - Fargʻona viloyati bosh imom-xatibining oʻrinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi

Usmanov Raxmatillo Axmatovich - Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili

Elov Jobir Rustamovich - Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdualimov Aloxon - Davlatobod tumanidagi 81-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Kamilov Azizjon Yakubjanovich - Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Saparova Raixan Xalmuratovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri faxriy artisti, xonanda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Tuxliyev Bokijon - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abduvaxabov Mirzabaxrom - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, kulol, Andijon viloyati

Aripov Taxir Fatixovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

Arslanov Negmat - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Toshkent viloyati

Ashirbayev Samixan - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri

Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri

Boltayev Baxodir - Buxoro viloyati musiqali drama teatri aktyori

Bomuradov Bobir Hodiyevich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Gulamova Margʻuba Maxamadrasulovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Davronov Sherzod Ravshanovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi “Farhod” madaniyat saroyi direktorining oʻrinbosari, xonanda, Navoiy viloyati

Yenin Valeriy Ivanovich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rangtasvirchi rassom

Imomov Xabibulla Mannapovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, milliy musiqa cholgʻulari ustasi, Toshkent shahri

Karimova Zarifa Gulyamovna - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti

Kurbonov Saparboy Baratovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, egarchi, Jizzax viloyati

Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali fan, taʼlim va madaniyat boʻlimi mudiri

Matrizayev Kurambay - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Xorazm viloyati

Nazaryan Arsen Ashotovich - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutining estrada cholgʻu ijrochiligi kafedrasi katta oʻqituvchisi

Orziyev Odil Xudjamovich - Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli sozandasi

Raximov Toxir Normatovich - Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Rejametov Zuxritdin Tuganbayevich - Oʻzbekiston davlat satira teatri aktyori

Saydaminova Dilaram Axmatovna - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi faxriy professori, kompozitor

Saliyev Xabibulo Ismailovich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, xattot

Satbayev Orazbay Jumabayevich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Tillaboyev Shohid Gapparjonovich - Oʻzbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi

Tovstenko Liliya Anatolyevna - Buxoro shahridagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Tojiyev Rasuljon Jumabayevich - Fargʻona politexnika institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich - Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

Shaxobiddinov Ayub Shopatxiddinovich - “Milliy telekanal” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kino va seriallar direksiyasi boʻlim boshligʻi, kinorejissyor

Shodmonov Nafas Namozovich - Qarshi davlat universitetining oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Abuzalova Mehriniso Kadirovna - Buxoro davlat universitetining oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori

Alibekova Alina Yaxyayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi boʻlimi oʻqituvchisi

Vafayeva Xadicha - faxriy pedagog, Samarqand viloyati

Kuziyeva Zulfiya Tashtanovna - Sayxunobod tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Maxkamova Donaxon Toshtemirovna - Furqat tumanidagi 2-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Fargʻona viloyati

Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna - “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, Toshkent davlat yuridik universiteti professori

Tashmatov Urazali Gafurovich - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining cholgʻu ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi professori

Tojiyev Yuldosh - Bogʻot tumanidagi 14-bolalar musiqa va sanʼat maktabining qoʻshnay cholgʻu sinfi oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Turdibayeva Raʼnoxon Azimjanovna - Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Begaliyev Ural Ergashevich - Jizzax shahridagi “Doktor Akmal” xususiy tibbiyot klinikasi urolog-andrologi, Jizzax viloyati

Djalilov Ulugbek Amanbekovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi anesteziolog-reanimatologi

Kadirov Shavkat Umidovich - Akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazi bolalar boʻlimi neyrojarrohi, Rossiya Federatsiyasi

Kadirxodjayeva Nodiraxon - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul boʻlimi mudiri

Sadiyev Zokir Raxmatovich - Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya boʻlimi mudiri

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Axmedov Baxodir Madjitovich - Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Kurbanov Jamshid Abduburxanovich - Toshkent shahridagi Eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi direktori

Sharifxodjayev Usman Ulfatovich - Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Kulikov Andrey Aleksandrovich - Toshkent shahridagi “ProRun” sport markazi direktori

Najmidinova Gulbaxor Raximjonovna - Jalaquduq tumanidagi “Paxtakor” oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

Oxunova Guzal Utkurovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hamshirasi

Turayeva Ulugay Toshtimurovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qorovulbozor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri, Buxoro viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayev Akbar Xalilovich - Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri aktyori

Astanakulova Raʼno Xursanovna - Surxondaryo viloyati Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nevrologiya boʻlimi mudiri

Atajanov Sobirjon Abidjanovich - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Axmedov Ashirali Abduxoliqovich - Toshloq tumanidagi “Xolmatobod” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Fargʻona viloyati

Axmedov Mansur Shayunusovich - M.Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli sozandasi

Babamuradov Baxtiyor Achilovich - Buxoro shahridagi madaniy meros obyektlarini taʼmirlash-tiklash boʻyicha restavrator-usta, Buxoro viloyati

Bozorov Xurshed Abdulloyevich - Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, Samarqand viloyati

Boyqoʻziyev Abdunabi - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Ganiyev Aliyorbek Avazovich - Toshkent shahridagi “Ixlos doktor MT” klinikasi kardiologiya boʻlimi mudiri

Ganiyeva Zuxra Abduvaxabovna - “Oʻzbekfilm” kinokonserni» davlat unitar korxonasining liboslar boʻyicha rassomi

Jumanova Moxichexra Zokirovna - Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Jurakovskiy Vladislav Emilyevich - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining sahnani yoritish sexi boshligʻi

Zakirov Timur Vladimirovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi

Isxakov Akzamjan Giyazovich - Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi

Ishniyazova Xurshida Xudaybergenovna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Xorazm viloyati boʻlimi xonandasi

Kambarov Aʼzam Maxamadali oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Axborot-tahlil va targʻibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi

Karimov Axtamkul Sattorovich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Karimov Xakimdjan - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos

Kasimova Uguloy Xamidovna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining dutorchilar ansambli sozandasi

Kurbanov Raxmadjon Abidjonovich - Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

Mamasharipov Xusanboy Abdunabi oʻgʻli - “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktyori

Mannopov Azizbek Abduvali oʻgʻli - Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari

Marupov Ilhom Islomovich - Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi

Melikuziyev Djaxangir Valijanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Axborot-tahlil va targʻibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Mirminov Rustamjon Abdumutal oʻgʻli - Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Najimov Elmurod Iqboljon oʻgʻli - YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bosh kotibining oʻrinbosari

Niyozov Turab Mamadiyorovich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Normatov Pulat Gaybullayevich - Oʻzbekiston davlat drama teatri aktyori

Norov Ilxomjon Ashurovich - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining doston ijrochiligi kafedrasi oʻqituvchisi, baxshi

Ochilova Feruza Murtazoyevna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Navroʻz” ashula va raqs ansambli xonandasi

Rajabova Ibodat Abdullayevna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Buxoro viloyati

Rahimov Komiljon Rahmatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

Sayomov Bobirmirzo Abdumajit oʻgʻli - Madaniy meros agentligining muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Tadjiyev Toʻlqin Berdiyarovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Taxirov Rauf Raxmonovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, koshinkor usta, Samarqand viloyati

Toshev Azamat Bobokulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Tuychiyev Nadirjon Kazimjanovich - “Andijon” futbol klubining muxlislar klubi raisi, Andijon viloyati

Turdiyev Vaxid Yakubovich - Andijon viloyati yoshlar teatri aktyori

Tuxtayev Oybek Kamolovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Udovenko Olga Yuryevna - Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati boʻlimi mudiri

Usmonov Shamsiddin Yulchiboyevich - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali teatr sanʼati kafedrasi professori, rejissyor, Fargʻona viloyati

Fayzullayev Vafokul Barnoyevich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Xamdamova Moxiraxon Yusubbekovna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ashula va raqs ansambli balet boʻyicha murabbiysi

Xamidova Xilola Djurayevna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Xidirov Mirzoxid Gʻayratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani boʻyicha bosh mutaxassisi

Xodjayev Asadjan Azatbekovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

Xujaniyazova Zilola Turayevna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

Xuraliyev Jumavay Jurayevich - Asaka tumani madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissyori, askiyachi, Andijon viloyati

Xusainov Fayrat Tursunovich - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri drama artisti

Yuldashev Muslum Islamovich - Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro va audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti

Yulchiyev Ilxom Israilovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Yakubova Dilobar Abralbekovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali “Axborot” bosh muharririyati sharhlovchisi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер