2022 yilda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 5 ta yirik investitsion loyiha doirasida jami 84,14 mln dollarlik ishlar amalga oshirildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyev maʼlum qildi.
Bugungi kunda Jamiyat tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan 0,4-110 kV (kilovolt) kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, ularning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
2022-yil davomida Jamiyat tarkibiy korxonalari tasarrufidagi 35-110 kV (kilovolt) kuchlanishli 1 787 ta podstansiyadan chiquvchi, 96 017 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali 390 mingdan ortiq yuridik hamda 7,5 mln. maishiy isteʼmolchilarga 68 mlrd kVt•soat (kilovatt soat) elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,6 foizni tashkil etdi.
Hisobot yilida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tarmoqlarda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Xususan, oʻtgan yil davomida 28 020 kmdan ortiq elektr tarmoqlari va 9 685 ta transformator punkti mukammal taʼmirdan chiqarilib, bu borada belgilangan koʻrsatkichlar ijrosi toʻliq taʼminlandi.
Bundan tashqari, 35-110 kV (kilovolt) quvvatga ega podstansiyalarda 86 dona kuch transformatori va 377 ta oʻchirgich mukammal taʼmirdan chiqarildi.
Yuqoridagi saʼy-harakatlar natijasida hududlarda 3,5 mingdan ortiq mahalla va qishloqlarda qariyb 3,7 mln ta aholi isteʼmolchilari va 210 ming tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilandi.
Jamiyat tomonidan 2022-yil davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish va zarur elektr qurilmalarini mahalliylashtirish boʻyicha ham keng koʻlamli amaliy ishlar bajarildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi 72-son Qaroriga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022-yil uchun 5 ta yirik investitsion loyiha doirasida jami 84,14 mln dollarlik ishlar amalga oshirildi.
— “Ishtixon” podstansiyasidan “Gornorudnaya-2” podstansiyasigacha 110 kVli (kilovoltli) ikkinchi elektr uzatish tarmogʻini qurish loyihasi.
— Samarqand shahrining tashqi elektr taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi
— Respublika boʻyicha 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida
— mavjud 35-110 kV elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish hamda Jamiyatda yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihalari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qoʻshimcha loyihalar, jumladan erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashqi elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 13,3 mln. dollar miqdorida oʻz mablagʻlari sarf qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda «Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan ham Jamiyat tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 9 ming 259 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilib, muammo aniqlangan 1 ming 71 ta “olis” va “ogʻir” toifadagi mahallada umumiy uzunligi 5 125,6 km elektr uzatish tarmoqlari va 1 063 ta transformator punkti yangilandi. Jumladan, yuqoridagi dastur doirasida 3 087,2 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 1 115 ta transformator punkti yangilandi va taʼmirlandi.
Shuningdek, jamiyat tomonidan zarur ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish hamda klaster tizimini joriy etilishi natijasida birgina 2022-yilning oʻzidayoq 200 mlr. soʻmdan ortiq mablagʻlar tejalishiga erishildi.
2022-yilda Jamiyat tomonidan 2022-yil yanvar-dekabr oylarida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga jami boʻlib 1 077,22 mlrd soʻm miqdorida pul mablagʻi toʻlab berildi.
Jamiyat tomonidan joriy yilda ham aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va taʼmirlash maqsadida belgilangan ishlar davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring