2019—2023-yillarda Orolboʻyi mintaqasiga ustuvor yoʻnalishlar doirasida 1 836,8 mln. dollar mablagʻlar safarbar qilingan

17:14 14 Dekabr 2023 Jamiyat
266 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshligʻi Izzatbek Joʻrayev maʼlum qildi.

Trast jamgʻarma xalqaro donorlar, milliy hamkorlar va moliyaviy rivojlanish institutlarini birlashtirish uchun samarali vosita ekanligini isbotladi. Trast jamgʻarmasiga 2023-yil dekabr holatiga jami 16,2 mln. doll. grant mablagʻlari jalb etildi.

Trast jamgʻarmasi tomonidan umumiy qiymati 13,5 mln. doll. boʻlgan 7 ta loyihalar moliyalashtirildi.

Ushbu mablagʻlar 7 ta loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan (4 tasi tugallangan, 3 tasi amalda) maqsadli jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻistonning beshta tumani (Beruniy, Taxtakoʻpir, Bozatau, Qoʻngʻirot va Moʻynoq) hamda Nukus shahrini qamrab oldi.

Loyihalarni amalga oshirish doirasida:

— 5 ta chekka mahallaning 11 ming nafar aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan;

— 17 ta aholi punktida 8922 nafar qishloq aholisi barqaror elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi;

— 13 ta xususiy korxona va 3 ta qishloq xoʻjaligi kooperativi tashkil etildi;

— Oʻrmon xoʻjaligida koʻchat yetishtirish 2200 gektardan 5000 gektarga, koʻchatlar 8 tonnadan 65 tonnaga koʻpaydi;

— 64 ming qishloq aholisi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi;

— 3 ta perinatal markaz modernizatsiya qilindi – 20 ming onalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yaxshilandi;

— 40 ming nafar bola va oʻsmir degelmintizatsiyadan oʻtkazildi, 131 ming nafar qizda kamqonlikka qarshi profilaktika tadbirlari oʻtkazildi;

— 31 ta tibbiyot muassasasi (100%) laboratoriya jihozlari va 35 ta telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlandi;

— 730 nafar tibbiyot xodimi qayta tayyorlash kurslarida qatnashdi, 1500 oila sogʻlom turmush tarziga oʻrgatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер