2 ta tumanda hokim yordamchilari oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish bilan ayblanmoqda

14:35 19 Noyabr 2024 Jamiyat
196 0

Foto: Illustrativ

Davlat xavfsizlik xizmati Ellikqalʼa va Gʻijduvon tumanlarida hokim yordamchilari fuqarolarning nomiga kreditlar rasmiylashtirib, oʻz maqsadlari yoʻlida sarflab yuborganliklari aniqlangan. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa tumanidagi xokim yordamchisi 33 nafar fuqaro nomiga 1 milliard 88 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilganini taʼminlash uchun tavsiyanomalar tayyorlagan.

Keyin esa tanishi nomiga MCHJ tashkil qilib, bu mablagʻlarni mazkur hisob raqamiga oʻtkazib, naqdlashtirish orqali oʻzlashtirib olgan. Shuningdek, u oʻz turmush oʻrtogʻi va singlisi nomiga ajratilgan 65,9 million soʻm kredit mablagʻlarini ham oʻz ehtiyojlari yoʻlida sarflagan.

Shuningdek, Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi xokim yordamchisi esa 26 nafar fuqaro nomiga 821 million 858 ming soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan.

U fuqarolarni aldab, kredit mablagʻlari evaziga ajratilgan chorva mollarini soxta hujjatlar asosida qabul qilib, boshqa shaxslarga sotgan. Shu orqali u davlat mablagʻlarini talon-toroj qilishga muvaffaq boʻlgan.

Ikkala holat boʻyicha xokim yordamchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Ellikqalʼa hodisasiga nisbatan 167 (oʻzlashtirish yoki talon-toroj qilish) va 228-modda (hujjatlarni soxtalashtirish), Gʻijduvon holatida esa 167 va 209-modda (mansab soxtakorligi) boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер