15 ta davlatning yetuk mutaxassislari Toshkentda perinatal tibbiyotning dolzarb masalalarini muhokama qildi
Poytaxtimizning “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Respublika perinatal markazi tashabbusi bilan “Perinatal tibbiyotdagi dolzarb masalalar” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Respublika perinatal markazining 20 yilligiga bagʻishlangan ushbu anjuman yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 500 nafardan ortiq malakali mutaxassis va mamlakatimizdan tashqari AQSH, Germaniya, Italiya, Ukraina, Rossiya, Gruziya, Turkiya, Xitoy, Misr, Isroil, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston va Belarus Respublikasi kabi davlatlardan kelgan 60 nafardan ortiq yetakchi olimlarni birlashtirdi.
Undan koʻzlangan asosiy maqsad perinatologiya sohasidagi yetakchi mutaxassis va olimlar bilan muloqot qilish va tajriba almashish, homilador ayollar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar diagnostikasi, kasalliklarning oldini olish va davolashda innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Mutaxassislar tomonidan:
— hududlarda perinatal yordamni takomillashtirish,
— onalar oʻlimini sonini qisqartirish,
— shoshilinch holatlarda akusherlik yordamini koʻrsatish,
— erta tugʻuruqlar,
— fetal tibbiyot masalalari,
— ayollar va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati va sifatini oshirish,
— shuningdek, akusherlikning boshqa koʻplab muammolariga alohida eʼtibor qaratildi.
Anjumanni Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Vazir oʻz maʼruzasida mamlakatimizda perinatologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Unda yurtimizdagi 62 ta Perinatal markaz, 14 ta Skrining va reproduktiv salomatlik markazi, shahar va tumanlardagi 400 dan ziyod tugʻuruq hamda bolalar muassasalarini rivojlantirishning ustuvor vazifalari va tizimdagi transformatsiya jarayonlari haqida soʻz bordi.
Bu borada Respublika perinatal markazining alohida oʻrni borligi taʼkidlandi.
Vazir, ayniqsa, mamlakatimizda ilk marotaba Respublika Perinatal markazida oʻzbek mutaxassislari tomonidan siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratish amaliyotining amalga oshirilganligiga alohida urgʻu berib, oʻzbek tibbiyotida buning nechogʻlik ahamiyatli hodisa ekanini eʼtirof etdi.
Anjuman doirasida akusherlik, neonatologiya, neonatal xirurgiya, anesteziologiya va reanimatsiya, ginekologiya, hamshiralik ishi kabi qator yoʻnalishlarda seksion yigʻilishlar, prekurslar, master-klasslar oʻtkazilib, unda turli mamlakatlardan kelgan sohaning yetakchi mutaxassislari oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring