12-14-dekabr kunlari Fanlar akademiyasi 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar, xalqaro anjuman oʻtkaziladi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharofova maʼlum qildi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasining tashkil topishi va rivojlanishi hamda mustaqillik yillarida fanning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga bagʻishlangan ishchi nomi “Uchinchi Renessans tayanchi” hujjatli film suratga olish ishlari boshlandi.
Akademiya tarixi va bugunni oʻzida aks ettirgan kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda.
Fidoyi va mehnatkash olimlar oʻz ilmiy izlanishlari natijasi boʻlgan koʻplab ilmiy risola va monografiyalarini 80-yillikka bagʻishlab chop etmoqda.
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligi – akademiklikka saylov eʼlon qilindi. Saylov haqidagi barcha maʼlumotlarni academy.uz rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring