1-sentyabrdan taksilar faoliyatini agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi

10:55 17 May 2021 Jamiyat
1265 0

“Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-sentyabrdan yakka tartibdagi tashuvchilar oʻz faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi.

Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga quyidagilar uchun ruxsat etiladi:

➖ yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash;

➖ mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;

➖ yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanish.

 Yoʻlovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransportlarning rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi boʻyicha oʻrnatilgan amaldagi talablar 2023-yil 1-yanvargacha toʻxtatib turiladi.

Shuningdek, yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobilning old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talablari bekor qilindi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksi va yakka tartibdagi tashuvchilar uchun quyidagi talablar joriy etiladi:

● avtomobil tepasiga “TAXI” tanish belgili toʻq sariq rangli fonar oʻrnatish;

● toʻlovni amalga oshirish, shuningdek, bosib oʻtilgan yoʻlni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar) boʻlishi;

● avtomobilning priborlar panelida avtomobil transportining davlat raqami, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi hujjat (yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya/litsenziya varaqasi) va haydovchining telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotlar tablichkasi mavjud boʻlishi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер