Boʻstonliqda fuqaroning uyidan 1 kg marixuana topildi

Foto: “Toshkent-Aero” IBK
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaroning uyida 1,03 kilogramm marixuana borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirildi.
Toshkent viloyati hududida oʻtkazilgan giyohvandlik moddalarining realizatsiyasiga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv natijasida ushbu fuqaroning uyidan dastlabki ogʻirligi 1kilogramm 031 gramm boʻlgan yashil tusli,oʻtkir hidga ega marixuana giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi tezkor xodimi tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring