Isroil kelishuvga qaramay Gʻazo sektoriga zarbalar berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari Gʻazo sektori janubidagi Rafah shahri yaqinida havodan zarba berdi. Bu haqda Isroilning davlat teleradiokorporatsiyasi “Kan” xabar qildi.
Manbaga koʻra, hujum HAMAS qarshilik harakatining aʼzolari tomonidan oʻq uzilganidan soʻng amalga oshirilgan. Isroil tomoni “ushbu harakat otashkesim qoidalarini buzish” deb hisoblamoqda.
Taʼkidlanishicha, shu vaqtda anklavning shimolidagi Beyt-Xanun hududida ham shubhali holat qayd etilgan: ikki kishi harbiy kuchlar uchun belgilangan cheklov chizigʻini kesib oʻtgan va ularga nisbatan havodan zarba berilgan.
Isroil armiyasi hozircha ushbu xabarlarga rasmiy izoh bermadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 6-oktyabr kuni Isroil va HAMAS delegatsiyalari Misr, Qatar, AQSH hamda Turkiya vositachiligida Gʻazo sektoridagi mojaroni bartaraf etish boʻyicha bilvosita muzokaralarni qayta boshladi. Ordan uch kun oʻtib, 9-oktyabrda tomonlar AQSH prezidenti Donald Tramp ilgari taklif etgan tinchlik rejasining birinchi bosqichini amalga oshirish haqidagi kelishuvni imzoladi. Gʻazodagi otashkesim toʻgʻrisidagi bitim esa 10-oktyabrdan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring