Birdamlik va hamkorlik: Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari uchrashdi

Hozirgi vaqtda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy va harbiy jarayonlar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash tinchlik va barqaror taraqqiyotning asosiy garoviga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar chog‘ida harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotlar davlatlar o‘rtasidagi ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yangi qadamlar qo‘yilishiga zamin yaratdi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvlarda tomonlar mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda davlatlar o‘rtasida ishonchli va barqaror hamkorlik muhitini mustahkamlash masalalarida kelishuvlarga erishdilar.
Aytish mumkinki, bunday amaliy tashabbuslar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tinchlik, birdamlik g‘oyalarining hayotiy ifodasidir. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi bunday do‘stona muloqot va hamjihatlik nafaqat mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaydi, balki umumiy tinchlik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring