Hafta boshida ob-havo qanday boʻlishi aytildi

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 21-24-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-oktyabrda 0-5 daraja iliq, 22-24-oktyabrda 3-8 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-oktyabrda 6-11 daraja, 22-24-oktyabrda 8-13 daraja, kunduzi 21-oktyabrda 23-28 daraja, 22-oktyabrda 25-30 daraja, 23-24-oktyabrda 23-28 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-22-oktyabrda 25-30 daraja, 23-24-oktyabrda 23-28 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-oktyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 21-16 daraja, 22-24-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring