Qiziltepa tumani FVB boshligʻi pora bilan ushlandi

11:55 19 Oktyabr 2025 Jamiyat
341 0

Videodan kadr

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi pora olayotganida qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, FVB boshligʻi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatga asosan, tumandagi savdo va maishiy xizmat koʻrsatish kompleksining yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa berish evaziga 3 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablagʻini oʻzining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan qoʻlga olingani, shundan soʻng unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер