Jizzaxda IIO xodimidan pul undirmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Videodan kadr
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida ichki ishlar organi xodimidan pul undirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, IIO xodimi Zafarobod tumanidagi qarindoshlarinikiga ketgan oila aʼzolarini uyiga olib kelish uchun Telegramʼdagi mahalla guruhiga taksi kerakligini aytib, xabar yuborgan.
Soʻngra mazkur guruhda boʻlgan, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi 18 yoshli shaxs hamda uning probatsiya nazoratida jazo oʻtayotgan 26 yashar mahalladoshi oʻzaro kelishib, ichki ishlar organi xodimidan tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qilgan.
Ular suhbat chogʻida xodimni ishdan boʻshatish bilan tahdid qilib, mavjud ovozli yozuvlarni ichki ishlar organi rahbariyatiga taqdim etmaslik evaziga 15 million soʻm, keyinchalik esa 12 million soʻm talab qilgan.
IIO xodimi esa bu haqda rahbariyatga maʼlum qilganidan soʻng, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Zafarobod tumanida yashovchi ikki shaxs talab qilingan pulni olayotgan paytda protsessual tartibda ushlangan.
Tekshiruvlarda aniqlanishicha, ular 6-8-oktyabr kunlari “102” xizmatiga murojaat qilib, IIO xodimi ularni haqorat qilganini bildirgan, ammo holat yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqiruvlarga javob bermagan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan 18 va 26 yoshli fuqarolarga nisbatan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring