Oʻzbekistondagi qurilishlarning 97 foizini nodavlat tashkilotlar bajaradi

13:17 18 Oktyabr 2025 Jamiyat
402 0

2025-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 183 trillion soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,1 foizni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 5,5 trillion soʻm qurilish ishlari bajarilib, jamiga nisbatan 2,9 foiz ulushni tashkil etgan.

Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha taqsimlangan (yanvar—avgust):

Nodavlat tashkilotlari:

  • 2021-yil — 63,5 trillion soʻm;
  • 2022-yil — 79,1 trillion soʻm;
  • 2023-yil — 93,2 trillion soʻm;
  • 2024-yil — 155,9 trillion soʻm;
  • 2025-yil — 183 trillion soʻm.

Davlat tashkilotlari:

  • 2021-yil — 3,4 trillion soʻm;
  • 2022-yil — 2,3 trillion soʻm;
  • 2023-yil — 1,7 trillion soʻm;
  • 2024-yil — 3,6 trillion soʻm;
  • 2025-yil — 5,5 trillion soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер