Vens Netanyahudan Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasiga “imkoniyat va vaqt berish”ni soʻradi
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan oʻtkazgan muzokaralarda undan Gʻazo sektoridagi mojaroni bartaraf etish boʻyicha tinchlik bitimi kelishuvining keyingi bosqichlariga oʻtish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga “imkoniyat va vaqt berish”ni soʻradi. Bu haqda “Axios” nashri xabar bermoqda.
Nashrga koʻra, 22-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarda Vens Netanyahudan maksimal yordam koʻrsatishni ham soʻradi. U Vashingtonni xavotirga solayotgan va tinchlik bitimini buzib yuborishi mumkin boʻlgan alohida jihatlarga eʼtibor qaratdi.
Gap Isroil harbiylariga oʻtgan dam olish kunlari uyushtirilgan hujumlarga javoban Falastinning HAMAS harakati tarafdorlari pozitsiyalariga berilgan zarbalar, shuningdek, Isroil tomonidan Gʻazoga gumanitar yordam yetkazib berishga qoʻyilayotgan cheklovlar haqida bormoqda. AQSH vitse-prezidenti Isroil tomonini vazminlikka chaqirdi.
Netanyahu Isroil tinchlik bitimi doirasiga rioya qilishini va yaqin orada tomonlar bitimning keyingi bosqichlariga oʻtishga muvaffaq boʻlishiga umid qilayotganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring