“Toshkent yana qor bagʻrida” — fotoreportaj
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 28-yanvar kuni Toshkent shahrida yana bir bor qishning haqiqiy qiyofasi namoyon boʻldi. Tongda boshlangan kuchli shamol tushlik vaqtiga kelib qalin qorga aylandi. Natijada poytaxt koʻchalari, bogʻlar hamda xiyobonlar oppoq tusga kirdi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbirlari qorli Toshkentning yorqin manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.
Qorli manzaralar shahar muhitiga oʻziga xos goʻzallik bagʻishlab, poytaxt aholisi va mehmonlariga unutilmas lahzalar ulashdi. Daraxtlar shoxlariga qoʻngan qor qatlamlari, piyodalar yoʻlaklari va oʻrindiqlardagi oppoq izlar goʻzal Toshkentni yanada jozibaliroq qildi.
Ayni paytda qor yogʻishi transport harakatiga ham muayyan taʼsir koʻrsatmoqda. Shahar koʻchalarida harakatlanayotgan avtomobillar hamda jamoat transporti haydovchilari yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda harakatlanmoqda.
Akmal MUHAMMADOV, Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring