Jenevada Senat Raisi bir qator davlatlar parlament aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida qator xorijiy davlatlar parlamentlari aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Jumladan, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi “Xalq kuchi” partiyasi fraksiyasi rahbari Yun Je Ok bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuviga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi.
Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi ishlar qoʻmitasi aʼzosi Asuman Erdoʻgʻan bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Suhbat chogʻida Parlamentlararo Ittifoqning 2026-yil aprel oyida Istanbulda boʻlib oʻtadigan 152-assambleyasi doirasida qoʻshma tadbirlar hamda kelgusi yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida oʻtkaziladigan Yosh parlament aʼzolarining 12-Global konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Sloveniya parlamentining Tashqi siyosat qoʻmitasi raisi Predrag Bakovich bilan boʻlib oʻtgan muloqot davomida Oʻzbekiston va Sloveniya oʻrtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda doʻstlik guruhlari faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy himoya, gender tenglik va barqaror rivojlanish yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikrlar almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring