Xorijda qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Chet elda ota-ona qaramogʻisiz qolgan oʻzbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 16-oktyabr kuni soat 15:30 da, besh nafar voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarosi Ichki ishlar vazirligi xodimi hamrohligida Toshkent shahriga yetib kelgan.
Ushbu bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan.
Ularning 1 nafari ota-onasi qaramogʻiga, 2 nafari oilaviy bolalar uyiga, yana 2 nafari yaqin qarindoshlari qaramogʻiga topshirilishi belgilangan.
Agentlikning maʼlum qilishicha, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi ularning keyingi yashash manzili boʻyicha davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring