AQSH vitse-prezidenti: Rossiya va Ukraina hali tinchlik kelishuvi imzolashga tayyor emas

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning aytishicha, hatto prezident Donald Trampning “faol diplomatik saʼy-harakatlari” ham tomonlarni yarashtirishga hozircha kuchi yetmayapti.
Vens Newsmax nashriga bergan intervyusida Rossiya ham, Ukraina ham hozircha tinchlik bitimini imzolashga tayyor emasligini taʼkidladi.
— Bitim tuzish uchun ikkala tomon ham bunga tayyor boʻlishi kerak. Hozircha, barcha ishlarimizga qaramay — va biz bu yoʻnalishda harakatni davom ettiramiz — ruslar ham, ukrainlar ham kelishuvga erishish nuqtasiga yetishgani yoʻq, — dedi u.
Shu bilan birga, vitse-prezident mojaroning tinch yoʻl bilan hal etilishi ehtimoli hanuz saqlanib qolayotganini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi oylar davomida bu borada “maʼlum bir siljishlar” kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring