Mingbuloqda elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyatida ham yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Ayni jarayonda tekshiruvchilar Mingbuloq tumanidagi “U.S.G.S” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli umumiy ovqatlanish korxonasida elektr energiyasidan foydalanishda jiddiy huquqbuzarlik holatining ustidan chiqishdi.
Gap shundaki, MCHJ rahbari B.O. va boshqalar tomonidan oshxona shoxobchasi elektr tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan ekan. Dastlabki hisob-kitoblar chogʻida bu yerda elektr quvvatidan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, 191,9 mln. soʻmlik qiymatdagi 71,1 ming kVt. soatlik energiya oʻgʻirlanganiga aniqlik kiritildi. Bunday holatda aybdorlarga nisbatan tezkor munosabat koʻrsatiladi. Jamiyat rahbari B.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Aytish lozimki, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari chogʻida koʻplab joylarda qonunbuzilish holatlariga duch kelinmoqda. Xususan, ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 44,7 mlrd. soʻmlik qiymatda 5523 ta energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati fosh etilib, aniqlangan zarardan 32,3 mlrd. soʻmi undirilgan. Aybdorlarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan tortib qamoqqa olish ehtiyot chorasigacha qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring